Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik jamoasiga “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovi haqida ma’lumotlar berildi
    25.06.2021

     Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari, shuningdek, tizimdagi aksiyadorlik jamiyatlari, kompaniyalari, tashkilot, korxona va muassasalari rahbar-xodimlari uchun har hafta juma kuni soat 11:00da tashkil etiladigan huquqiy-maʼrfiy o‘quv mashg‘uloti davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan eʼlon qilingan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

    O‘quv mashg‘uloti davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri maslahatchisi N.Abdullayev hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari maslahatchisi M.Ulug‘ovalar tomonidan tanlov, uni tashkil qilish jarayonlari, ishtirok etish shartlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

    Jumladan mazkur tanlov quyidagi uch yo‘nalishda o‘tkaziladi:

    • Davlat tili ustuvorligini taʼminlagan eng namunali hudud (mahalliy ijro etuvchi tuman/shahar hokimliklari);
    • Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim (vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari);
    • O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha (ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta maxsus taʼlim muassasalari).

    Tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad:

    • Vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalarida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish;
    • Quyi bo‘g‘inlarda davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini targ‘ib-tashviq etish;
    • Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini qo‘llash;
    • Mehnat jamoalarida davlat tiliga hurmat-eʼtibor muhitini shakllantirish;
    • Barcha millat va elatlar vakillariga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir.

    Tanlovni o‘tkazish bosqichlari va muddatlari:

    • Birinchi bosqich (1 iyulga qadar)da vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari o‘z tashabbusiga ko‘ra tanlovda ishtirok etish yuzasidan ariza bilan murojaat qiladi.

    • Ikkinchi bosqich (iyul-sentyabr oylari)da tanlovda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari faoliyati Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan o‘rganiladi.

    • Uchinchi bosqich (senyabr oyi)da tanlov g‘oliblari aniqlanadi.

    • Tanlov g‘oliblari 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.

    Ishtirokchilar o‘quv mashg‘uloti davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati