Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha matbuot anjumani boʻlib oʻtdi
    22.06.2021

    Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Toshkentda Axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha tashkil etiladigan xalqaro MDH ekspert forumiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

    Unda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Xalqaro munosabatlar axborot tahliliy markazi, "Oʻzkomnazorat" davlat inspeksiyasi va boshqa masʼul idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

    Matbuot anjumanda mazkur forum haqida maʼlumot berildi. Jumladan, forumda 50 dan ziyod yetakchi ekspertlarni jamlashi kutilmoqda. Unda nafaqat xalqaro tashkilotlar va MDH mamlakatlari yetakchi tahliliy markazlarining vakillari, balki tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ham ishtirok etadi.

    Mazkur forum axborot xavfsizligini taʼminlash sohasidagi soʻnggi tendensiyalarni muhokama qilish, ushbu sohada noqonuniy holatlarga qarshi kurashishning maqbul usullarini ishlab chiqishda puxta oʻylangan va muvofiqlashtirilgan yondashuvni kelishib olish masalalari nazarda tutilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati