Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “IT Parkda Axborot texnologiyalari va dasturlash xizmatlarini rivojlantirish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
    21.06.2021

    Respublikamizning 28 ta o‘rta va yirik shaharlari hamda Toshkent shahrining 12 ta tumani mas’ul rahbarlarining xizmatlar sohasi va mahalliy sanoatni rivojlantirish borasida bilim va tajribasini oshirishirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘quv-amaliy seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.

    Bugun 21-iyun kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) majmua shourumida “IT Parkda axborot texnologiyalari va dasturlash xizmatlarini rivojlantirish” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu seminarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov ishtirok etdi.

    O‘quv-amaliy seminarining asosiy maqsadi joylardagi mutasaddi rahbarlarga IT sohasida xizmatlar va mahalliy sanoatni rivojlantirishdagi yondashuvlar va ularni shakllantirish uslubiyotini o‘rgatish, o‘zaro fikr va tajriba almashish, hamda samarali muloqotni tashkillashtirishdir.

    Tadbir yakunida ishtirokchilar IT Park xududidagi qurilish ishlari bilan ham tanishdi.

     

    Manba: Axborot xizmati