Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    19.06.2021

    Prezident tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning uchinchisi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida aholi va yoshlar uchun Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.

    Yoshlarning ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportni yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida, Toshkent viloyatining Toshkent tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi, Toshkent tumani hokimligi, tuman xalq ta’limi bo‘limi, IT Park viloyat filiali rahbar va xodimlari, shuningdek keng jamoatchilik vakillari hamda tuman yoshlar ishtirok etdilar.

    O‘quv markazida yoshlarga axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari, robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersport, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish hamda mutaxassislarni tayyorlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

    Shuningdek, mazkur markazda davlat boshqaruv organlari xodimlarining axborot texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirishi ko‘zda tutilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati