Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Karmana tumanida "O'zbektelekom" ning zamonaviy ofisi ishga tushdi
    11.06.2021

    Navoiy viloyati Karmana tumanida "O'zbektelekom"- Milliy operatorining yangilangan, zamonaviylashtirilgan savdo va xizmat ko'rsatish ofisining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov ishtirok etib,   zamonaviy ofisda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va yosh mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

    Ushbu savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi to‘liq ta’mirdan chiqarilib, funksional jihatdan yangilandi.   Tuman aholisi uchun telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish va xizmatlar yuzasidan ma'lumot olish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

    Bugungi kunda, “O‘zbektelekom” AK butun mamlakat bo‘ylab katta miqdordagi o‘zining shaxsiy savdo va xizmat ko‘rsatish ofislariga ega bo’lib,  ularda doimiy ravishda xizmatlar yangilanib turadi va kompaniya mijozlari uchun yuqori darajada qulaylik hamda xizmatlarni yaratish uchun modernizatsiyalar amalga oshirilmoqda. Loyiha rejasiga ko'ra, Respublikamizning barcha viloyatlarida yangilangan ofislar bir xil Eco Hi-tech uslubida loyihalashtiriladi va xizmat ko'rsatish sifatini oshirish uchun zamonaviy texnologik yechimlar bilan jihozlanadi.

     

    Manba: Axborot xizmati