Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” festivali doirasidagi tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi
    11.06.2021

    Hozirda Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Respublikamizning barcha viloyat va shaharlarida yoshlar oyligi tashkil etilmoqda.

    Ushbu yoshlar festivali Navoiy viloyatida joriy yilning 16-17-iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, tadbirni yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlash maqsadida bir qancha ishlar olib borilmoqda.

    Bugun, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov u yerda amalga oshirilayotgan ishlar, tayyorgarlik jarayoni va shart- sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

    “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” tadbirini o‘tkazilishidan maqsad - yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, ularning erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga jalb qilishdan iboratdir.

    - Yoshlar festivalini yusak saviyada o‘tkazilishi yoshlarimizning orzusini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, "Besh muhim tashabbus"ni amalga oshirishga zamin yaratadi, - deb ta’kidladi Sh. Sodiqov.

    Manba: Axborot xizmati