Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vobkent tumanida “E-Xat” bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda
    09.06.2021

    Vobkent tumanidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxona va tashkilotlariga bepul “E-Xat” himoyalangan elektron pochtasining elektron raqamli imzolari topshirildi.

    2021-yil 21-22 yanvar kunlari Prezidentimizning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati, Vobkent tumanida “o‘sish nuqtalari”ni ta’minlashga mas’ul sifatida biriktirilgan.

    Joriy yilning 8-iyun kuni Vobkent tumani hokimligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Vobkent tumanidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxona va tashkilotlari o‘rtasida elektron hujjat aylanishini kengaytirish maqsadida “E-Xat” himoyalangan elektron pochta tizimiga ulanish va undan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

    Seminar yakunida, ishtirokchilarga “UNICON.UZ” DUK tomonidan taqdim etilgan, bir yil davomida bepul foydalanish imkoniyatiga ega  “E-Xat” himoyalangan elektron pochtasi tizimining 48 ta elektron raqamli imzo kalitlari topshirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati