Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida AKT sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo'l xaritasi” imzolandi
    02.06.2021

    Belarus Respublikasida bo'lib o'tayotgan “TIBO-2021” XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov va Belarus Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish vaziri K. Shulgan aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasini (“Yo'l xaritasi”) imzoladi.

    Tomonlar ta'kidlaganidek, ushbu kelishuv ikki mamlakat o'rtasida AKT sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Uchrashuv davomida O‘zbekiston bilan Belarus o‘rtasida AKT sohasidagi sheriklik munosabatlari uzoq tarixga ega ekanligi hamda raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlik o'zaro kelishuvlar asosida amalga oshirilayotganligi  alohida ta’kidlandi.

    Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar sohasida Belarus Respublikasi bilan hamkorlik hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar asosida qator yo‘nalish bo‘yicha, jumladan, telekommunikatsiya, pochta, IT tadbirkorlik, ta’lim, elektron hukumat sohalarida amalga oshirilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati