Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • АKT vazirligi rahbariyati Minskda bo‘lib o‘tadigan “ТIBO-2021” xalqaro forumida qatnashadi
    31.05.2021

    Bugun 31 may kuni O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov boshchiligidagi AKT vazirligi ma’sul xodimlari joriy yilning 1-4 iyun kunlari Belarus Respublikasi poytaxtida bo'lib o'tadigan "TIBO-2021" XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumida ishtirok etish uchun  Minsk shahriga (Belarus) jo'nab ketdi.

    Ushbu forumda xalqaro miqyosdagi yetakchi kompaniyalar, IT-universitetlar rahbarlari, IT-ekspertlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi ko'zda tutilgan.

    “TIBO-2021” forumi dasturi 30 dan ortiq asosiy tadbirlarni o'z ichiga oladi. III Yevroosiyo raqamli forumi, IV Belаrus AKT sammiti, “Raqamli iqtisodiyot” forumi, "5G dasturini mobil telekommunikatsiya tarmoqlarida joriy etish va ishlatish tajribasi" nomli Xalqaro elektraloqa ittifoqining mintaqaviy o'quv seminari shular jumlasidandir.

    “TIBO-2021” tadbiri davomida “TIBO-2021” Internet mukofoti”, “Belarus ICT Startup Award” mukofoti, shuningdek, maktab o'quvchilari o'rtasida ijodiy dasturlash bo'yicha V Xalqaro Scratch -olimpiadasining  saralash bosqichi natijalari sarhisob qilinadi.

    Shuningdek, forum doirasida ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvlarini o'tkazish rejalashtirilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati