Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Mobil dasturlash bo‘yicha “mGov Kashkadarya” tanlovi o‘tkaziladi
    25.05.2021

    Qashqadaryo viloyatida IT Park tomonidan tashkil etilayotgan “mGov Kashkadarya” mobil dasturlash tanlovi bo‘lib o‘tadi.  Ushbu tanlov doirasida ishtirokchilar tibbiyot, ta’lim, energetika, qishloq xo‘jaligi, qurilish, ijtimoiy himoya,  aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishlar bo‘yicha mobil ilovalarning prototiplarini taqdim etishlari lozim.

    Loyihada taqdim etilayotgan ishlanmalar jamiyat muammosini samarali hal etishga qaratilgan, innovatsion hamda qulay bo‘lishi talab etiladi va shu mezonlar asosida baholanadi. 

    mGov Kashkadarya” tanlovi orqali viloyatda faoliyat yuritayotgan  IT mutaxassislari o‘zlarini namoyon etish, potensiallarini ochish va kerakli ko‘nikmalarni egallashlari mumkin.

    Tanlovda ishtirok etishni xoxlovchilar 2021-yil 24-maydan 22-iyun kuniga qadar ariza topshirishlari mumkin.

    Ariza topshirish uchun havola: https://forms.gle/5MgaZNoWb4Rrxy6r5

    Murojaat uchun telefon raqami: +998 99 413 33 56

    Manba: Axborot xizmati