Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oʻzbekistonning internet tezligi boʻyicha jahon reytingida pozitsiyasi yaxshilandi
    20.05.2021

    "Ookla" kompaniyasi Speedtest.net servisi 2021-yil aprel oyi natijalariga oid yangi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Unda, Oʻzbekistonning mobil internet tezligi yaxshilanganligi qayt etilgan.

    Taʼkidlash kerakki, bir yil ichida Oʻzbekiston simli internet tezligi boʻyicha 1,5 barobarga (51,8 foizga) oʻsganligi qayd etildi, yaʼni 25,82 Mbit/s. dan (2020-yil aprel holatiga koʻra) 39,2 Mbit/s. gacha (2021-yil aprel holatiga koʻra). Soʻnggi uch yil ichida esa, Oʻzbekistonda simli internet tezligi uch barobarga oʻsdi.

    Mobil internet tezligi boʻyicha ham ijobiy koʻrsatkichlar qayd etildi, ya’ni joriy yil aprel oyi natijalariga koʻra,  Oʻzbekiston yana toʻrtta pogʻonaga koʻtarildi. Soʻnggi  yillarda  mamlakatimizda mobil internet tezligi 9,68 Mbit/s. dan (2020-yil aprel holatiga koʻra) 17,28 Mbit/s. gacha oʻsdi (2021-yil aprel holatiga koʻra). Bir yil ichida ushbu koʻrsatkich 78,5 foizga koʻtarilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati