Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Muqaddas ayyom – Ramazon hayiti muborak boʻlsin!
    12.05.2021

    Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi butun xalqimizni ulugʻ ayyom – Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.

    Har yili butun dunyo moʻmin-musulmonlari qatori yurtdoshlarimiz ham Ramazon hayitini koʻtarinki kayfiyat, oʻzgacha shukuh, alohida tayyorgarlik va katta xursandchilik bilan nishonlaydilar.

    Muqaddas Islom dinining ezgulik va insonparvarlik, mehr-shafqat kabi buyuk fazilatlari yana-da yorqin namoyon boʻladigan ushbu shukuhli kunlarda barchamiz, shukronalar aytamiz. 

    Ramazon oyi davomida xalqimiz xayrli ishlar qilishga, qimmatli fursatlarni gʻanimat bilib, mehr-muruvvat, saxovat koʻrsatishga, xatolarini tuzatish, hasad, hamda xusumat kabi illatlardan qalbini musaffo etib, oʻzi uchun pokiza qilishga chogʻlanadilar. 

    Hayit arafasida va bayram kunlari yoshi ulugʻ keksalarimiz va bemorlar holidan xabar olish hamda hayit bilan tabriklash va boshqa milliy urf-odatlarimiz bilan bogʻliq anʼanalarimizni davom ettirish, qarindosh-urugʻlarni ziyorat qilish har qachongidan ham koʻra taʼkidlangan boʻlib, savobi koʻproq boʻladi.

    Ramazon oyida barchangizning ezgu duolaringiz ijobat bo’lishini tilagan holda, ushbu ulugʻ hamda qadrli kunda Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat va xonadonlaringizga xayr-baraka tilaymiz.

     

    Muqaddas ayyom – Ramazon hayiti barchamizga muborak boʻlsin!