Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatida “Besh tashabbus - besh imkon” festivali o’tkazildi
    04.05.2021

    Sirdaryo viloyatida “Besh tashabbus - besh imkon” festivali bo’lib o’tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat hududiy boshqarmasi, Sirdaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi, IT Park Sirdaryo filiali, Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi va boshqa tashkilotlar rahbar ba xodimlari qatnashdi.

    Festival doirasida yoshlarni IT sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish maqsadida robototexnika ko‘rgazmasi tashkil etildi.

    Shuningdek, yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, jumladan viloyatda tashkil etilgan IT Park filiali va Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, bepul masofaviy ta’lim olish imkoniyatini beradigan “Bir million dasturchi” loyihasi haqida seminar-trening o‘tkazildi.

     

    Manba: Axborot xizmati