eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Teleradioeshhittirishlar sohasida radiochastotalarni taqsimlash va yakka tartibdagi lisenziyalar berish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi
    16.04.2021

    Tanlov o‘tkaziladigan sana: 2021 yil 17 iyun

    Buyurtmanomalar qabul qilishni boshlash: 2021 yil 19 aprel, soat 9 00 dan

    Buyurtmanomalar qabul qilishni tugatish: 2021 yil 18 may, soat 17 00 gacha

    Tanlovni o‘tkazuvchi: Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi

    Tanlov o‘tkazish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislar zali

    Ma’lumot uchun telefon: Hukumat uyi, Komissiya ishchi guruhi 71 239 84 57, 71 239 81 89

    Buyurtmanomalarni qabul qilish: Buyurtmanoma va ilova qilinadigan hujjatlar elektron shaklda
    (*pdf formatda, maks. 10 MB) mkk@gov.uz  yoki mkk@exat.uz elektron pochta manziliga yuboriladi.

    Buyurtmanomaga Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 dekabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan “Radiochastotalarni tanlov yo‘li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi lisenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 10-bandida keltirilgan hujjatlar lozim darajada rasmiylashtirilib, ilova qilinadi.

     

    Lot

    Radiochastota

    Uzatkich quvvati           

    Tarqatish hududi

    Radioelektron vositalar o‘rnatilgan manzil

     

    RAQAMLI TELEEShITTIRIShLAR MUL'TIPLEKSIDA

    TELEDASTURLARNI TARQATISh

    11

    DVB-T2 40 TVK

    622-630 МHz

    2 kW

    qisman Qashqadaryo viloyati

    Odamtosh RTS

     

    21

    DVB-T2 41 TVK

    630-638 МHz

    1 kW

    Qarshi shahri va atrof tumanlar

    Qarshi RTS

     

    31

    DVB-T2 47 TVK

    678-686 МHz

    5 kW

    Urganch shahri va atrof tumanlar

    Urganch RTS

     

    FM DIAPAZONDA

    RADIODASTURLARNI TARQATISh

    4

    90,8 МHz       

    1 kW

    Toshkent shahri va atrof tumanlar

    Toshkent shahri, Navoiy 69

     

    5

    102,0 МHz     

    1 kW

    Toshkent shahri va atrof tumanlar

    Toshkent shahri, Navoiy 69

     

    6

    101,0 МHz

    1 kW

    Toshkent shahri va atrof tumanlar

    Toshkent shahri, Navoiy 69

     

    7

    103,5 МHz

    1 kW

    Toshkent shahri va atrof tumanlar

    Toshkent teleminorasi

     

    8

    107,2 МHz     

    1 kW

    Toshkent shahri va atrof tumanlar

    Toshkent teleminorasi

     

    9

    101,0 МHz     

    1 kW

    Buxoro shahri va atrof tumanlar

    Buxoro RTS

     

    10

    101,0 МHz     

    200 W

    Samarqand shahri

    Cho‘pon-ota RTS

     

    112

    104,5 МHz     

    100 W

    Samarqand shahri

    Cho‘pon-ota RTS

     

    12

    101,0 МHz     

    1 kW

    Urganch shahri va atrof tumanlar

    Urganch RTS

     

    13

    107,5 МHz     

    1 kW

    Urganch shahri va atrof tumanlar

    Urganch RTS

     

    14

    101,0 МHz     

    1 kW

    Qo‘qon shahri va atrof tumanlar

    Qo‘qon RTS

     

    15

    101,0 МHz     

    300 W

    Navoiy shahri

    Navoiy RRS

     

    16

    101,0 МHz     

    300 W

    Qarshi shahri

    Qarshi RTS

     

    17

    106,0 МHz     

    300 W

    Termiz shahri va atrof tumanlar           

    Uchqizil RTS

     

     

     

    1 - “RRTM” DUKga tegishli raqamli teleuzatkichlar mul’tipleksiga shartnoma asosida kiritiladi.

    2 - “RRTM” DUKga tegishli radiouzatkich shartnoma asosida ajratiladi.

     

    Tanlov shartlari:

    Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan, ta'sis hujjatlarida ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat ko‘rsatish nazarda tutilgan teleradioeshittirish sohasida tanlov asosida radiochastotalarni taqsimlash va yakka tartibdagi lisenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq buyurtmanoma va lozim darajada rasmiylashtirilgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etgan yuridik shaxslarning ishtirok etishlariga ruxsat etiladi.

    Shu bilan birga lisenziya da'vogari ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablariga javob berishi kerak.

    Tanlovda ishtirok etish uchun lisenziya da'vogari belgilangan tartibda buyurtmanoma taqdim etadi.

     

     

    Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

    tanlov takliflari ko‘rib chiqilishi uchun lisenziya da'vogari tomonidan amaldagi qonunchilikda belgilangan miqdoridagi yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;

    teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyasiya qilish) tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga lisenziya berish uchun to‘lanadigan davlat bojining yillik summasiga teng zakolat to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;

    teleradiodasturlarni tarqatish bo‘yicha xizmatlar taqdim etish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xodimlarning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlar);

    ijodiy, texnik va moliyaviy takliflarni, shuningdek teleradiodasturlarni eshittirish rejalashtirilayotgan setkasini, o‘z dasturlarini eshittirish hajmlari va tanlov majburiyatlarini o‘z ichiga oladigan eshittirishlarning mufassal konsepsiyasi;

    tegishli organlarning teleradioeshittirish ob'ektlarining qo‘riqlash talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;

    teleradioeshittirishlarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, agar ushbu huquq boshqa shaxsga tegishli bo‘lsa (ijara shartnomasi va boshqalar).

    Lisenziya olishda moliyaviy taklif yopiq va muhrlangan holdagi alohida konvertda taqdim etiladi. 

    Lisenziya talablari va shartlari:

         Lisenziyat tomonidan faoliyat ko‘rsatishda quyidagi lisenziya talab va shartlari bajarilishi majburiydir:

    faoliyat sohasi boyicha qonun hujjatlariga, davlat, soha standartlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi;

    janr va mazmun jihatidan xilma-xil bo‘lgan dasturlarni shakllantirish va ularning jamiyat ma’naviy extiyojlariga mosligini ta’minlash;

    teleradiodasturlarni davlat tili to‘g‘risida qonun hujjatlarini inobatga olgan holda tarqatish;

    qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan shartnoma (bitimlar) mavjud bo‘lgan sharoitda xorijiy kanallar teleradio ko‘rsatuvlarni qonun hujjatlariga muvofiq;

     xizmatlar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish;

    qonun hujjatlari talablariga muvofiq sertifikatlangan teleradio-ko‘rsatuvlarni tarqatishning texnik vositalaridan foydalanish;

    telekommunikasiya texnik vositalaridan foydalanish qoida va normalari hamda teleradioeshittirish ob'ektlarining sanitariya, yong‘in xavfsizligi, qo‘riqlash va xavfsizlik rejimini ta'minlash talablarini, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa lisenziya talab va shartlarining bajarilishi. 

     

    Pul o‘tkazish uchun to‘lov rekvizitlari va bank hisob raqamlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining 71  238 41 56 telefon raqamiga murojaat qilib, batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

     

    To‘lovlarni amalga oshirish uchun bank rekvizitlari

     

     

    Hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun :               

    Mablag‘ oluvchi: O‘R AT va KRV

    ShXV 400 110 860 262 777 046 101 078 001

    STIR 201 221 770 OKONX 97 300

    Moliya vazirligi G‘aznachiligi Amaliyot boshqarmasi

    x/r: 23402 000 300 100 001 010

    Bank nomi: XKM MB O‘zR Toshkent shahri

    Bank kodi 00 014 STIR 201 122 919

    Zakolat uchun:

    Mablag‘ oluvchi: O‘R AT va KRV

    ShXV 401 410 860 262 777 046 101 078 001

    STIR 201 221 770 OKONX 97 300

    Moliya vazirligi G‘aznachiligi Amaliyot boshqarmasi

    x/r: 23402 000 300 100 001 010

    Bank nomi: XKM MB O‘zR Toshkent shahri

    Bank kodi 00 014 STIR 201 122 919

                           

     

     

     

    (Tashkilot blanki)

    №____

    2021 yil «___» __________

     

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasiga

    Teleradioeshittirish sohasida radiochastotalardan foydalanishga tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanoma

    Umumiy ma’lumotlar:

    1. Yuridik shaxsning to‘liq nomi:

    2. Yuridik manzili:

    3. Telefon, faks raqamlari:

    4. Ommaviy axborot vositalarining nomi:

    5. Eshittirishlar mavzular bo‘yicha yo‘nalishi va nomi:

    6. Eshittirishning rejalashtirilayotgan hajmlari:

                Umumiy

                O‘zi tayyorlagan, shu jumladan sotib olinadigan eshittirishlar

    7. Eshittirishlar hajmlari:

                davlat tilida

                rus tilida

                boshqa tillarda

    8. Reklamaning mo‘ljallanayotgan hajmlari va davriyligi

    Texnik ma’lumotlar:

    9. Tanlov to‘g‘risidagi e’longa muvofiq foydalanish rejalashtirilayotgan chastota nominali:

    10. Turg‘un studiya uskunasining mavjudligi:

    11. Uzatuvchi stansiyaning quvvati, Vt:

    12. Studiyaning joylashgan joyi, radiouzatuvchi uskunaga dasturlarni uzatish usuli:

    13. Uzatuvchi stansiyani o‘rnatish punkti:

    14. Antennaning taxminiy balandligi ko‘rsatilgan holdagi o‘rnatish joyi, m:

    15. Rejalashtirilayotgan xizmat ko‘rsatish hududi va dastur bilan qamrab olinayotgan aholi soni:

    16. Teleradioeshittirishlar sohasida radiochastotalardan foydalanish huquqi olingan vaqtdan boshlab xizmatlar ko‘rsatishning kafolatlangan muddati:

    Ilova qilinayotgan hujjatlar:

    1. _________________________________________________________

    2. _________________________________________________________

    3. _________________________________________________________

    Birinchi rahbar imzosi __________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)

    M.O‘.   2021 yil «___»________________

     

     

    Ariza ko‘rib chiqish uchun 2021 yil «___»____________da qabul qilindi.

    _______________________________________

       (Mas’ul shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)