Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Radiochastota spektri va yoʻldoshli orbitalardan foydalanish” masalalari muhokama qilindi
    16.04.2021

    2021 yilning 2-16 aprel kunlari Radiochastota spektri va Yoʻldoshli orbitalardan foydalanishni tartibga solish boʻyicha, Aloqa sohasidagi hududiy ham doʻstlik (ASHH) Komissiyasining 19-ishchi guruhi yigʻilishi onlayn tarzda boʻlib oʻtdi.

    Yigʻilishda Oʻzbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI), GSMA, GSA xalqaro tashkilotlari va ASHH qoʻmitasi vakillari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirok etdi.

    Mazkur yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “UNICON.UZ” DUK va “EMMM” DUK mutaxassislari ishtirok etdilar.

    ASHH Komissiyasi va uning ishchi guruhi yigʻilishida radioaloqa yo‘nalishidagi dolzarb masalalar shuningdek, ASHH mamlakatlarida raqamli yer usti televizion eshittirishning rivojlanish holati va boshqa bir qator masalalar koʻrib chiqildi.

     

    Manba: Axborot xizmati