Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik ishchi guruhi Samarqand radioteleuzatish markazi faoliyati bilan tanishdi
    15.04.2021

    O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi Vazirlik ishchi guruh Samarqand viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

    Ishchi guruh dastlab «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUKning Samarqand radioteleuzatish markazi faoliyati bilan tanishdi. Markazning 90 nafardan ziyod xodimi Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Cho‘ponota, Taxtaqoracha, Jizzax, Qo‘ytosh RTS va tog‘li hududlardagi 81 ta kam quvvatli radioteleuzatish stansiyalariga xizmat ko‘rsatadi.

    Markaz mutaxassislari Ishchi guruhga qilingan ishlar va kelgusi vazifalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazishdi. AKT vaziri Sh. Sodiqov markaz xodimlari bilan raqamli radioni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi, ularning iqtisodiy va ijtimoiy himoyasi qanday yo‘lga qo‘yilgani bilan  tanishib chiqdi.

    Vazirlik Ishchi guruhining Samarqand viloyati bo‘ylab xizmat safari davom etmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati