Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Elektron hukumatni rivojlantirish metodologiyasi tahliliga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
    15.04.2021

    Bugun, 15-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi Inha universitetida “Elektron hukumatni rivojlantirish ko‘rsatkichlari va metodologiyasi tahlili asosida O‘zbekistonning xalqaro reytingini ko‘tarish” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi.

    Unda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Estoniya Elektron boshqaruv akademiyasi ijrochi direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili qatnashdilar.

    Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos ishtirok etdi.

    Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan o‘tkazildi.

    Ilmiy seminar doirasida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro indekslar ko‘rsatkichlari asosida mamlakatlarning elektron hukumat rivojlanishini baholash metodologiyasi, elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba va O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumatni rivojlantirishda mavjud dolzarb masalalar muhokama qilindi.

    Seminar davomida Elektron hukumatni rivojlantirish hamda raqamlashtirish darajasini reytingli baholash, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, Estoniya elektron hukumati tizimining ekotizimi va rivojlanish saboqlari, BMTning davlatlar E-hukumatlari rivojlanishini baholash bo‘yicha metodologiyasi, xorijiy mamlakatlarda E-hukumat rivojlanishi tajribasini o‘rganish natijalari mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

    Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.

    Axborot kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiy etishi bilan hayotimizni qulayliklar bilan boyitish maqsadida taqdim etilayotgan ishonchli imkoniyatlardan biri «Elektron hukumat»tizimining joriy etilishidir. Ma’lumki, «Elektron hukumat» tizimi jahon amaliyotida o‘zining afzalliklarini namoyon etib ulgurgan tizim hisoblanadi.

     

    Manba: Axborot xizmati