eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri “Telecom innovations” korxonasi faoliyati bilan tanishdi
    08.04.2021

    Bugun, 8- aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Navoiy viloyatida joylashgan “Telecom innovations” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    AKT sohasida ham xalq ehtiyoji uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bir qancha korxonalar bor. Ana shunday korxonalardan biri, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasidagi “Telecom innovations” qoʻshma korxonasidir.

    Soha rahbari korxona mutaxassislari bilan ishlab chiqarish jarayonlarini kengaytirish, tayyorlanayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, ularni  mahalliy hamda  tashqi bozorga chiqarish yuzasidan suhbatlashdi. Shu bilan birga, korxonada mehnat qilayotgan yosh xodimlar va ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

    Tadbirkorlik mamlakat iqtisodini koʻtarishda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, bu faoliyat davlat-xususiy sheriklik asosida yoʻlga qoʻyilsa, yana-da samarali boʻladi. Hozirgi kunda korxonada monoblok kompyuterlar, smartfonlar, ayniqsa, aholi ehtiyojiga koʻra elektr jihozlari, led-panellar, routerlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Bu esa, kelajakda eksport qilinadigan mahsulotlar sonini yanada koʻpayishiga xizmat qiladi.