Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Karmana tumanidagi 2-son umumta’lim maktabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi – “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi
    08.04.2021

    Bugun 8-aprel kuni “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida bitiruvchilar salmog‘i bo‘yicha yuqori natijalarni ko‘rsatgan Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 2-son umumta’lim maktabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi – “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi.

    Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov, Xalq ta’limi vaziri Sh. Shermatov, Navoiy viloyati hokimi  o’rinbosari Y. Dushanov hamda Karmana tumani hokimi F. Umarov ishtirok etishdi.

    “Bir million dasturchi” (One Million Uzbek Coders) loyihasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklarining “Dubai Future Foundation” jamg‘armasi tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinmoqda.

    - Joriy yil mart oyining yakuni holati bo‘yicha respublika miqyosida uzbekcoders.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tib “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ta’lim olayotganlar soni jami 200 ming nafardan ortiqni tashkil etadi, - dedi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov. - Shu jumladan, ulardan 81 ming nafardan ortig‘i ishtirokchi va 50 ming nafardan ortig‘i bitiruvchi sertifikatini qo‘lga kiritdi. Hududlar kesimida uzbekcoders.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tganlar soni bo‘yicha Navoiy viloyati (36 600 nafar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (27 574 nafar) va Toshkent shahar (25 572 nafar) yetakchilik qilib kelmoqda. Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab masalalarni yechish imkoni yaratiladi.

    Tahlil natijalariga ko‘ra umumta’lim maktab o‘quvchilari jami loyiha ishtirokchilari orasida 67,2 foiz bilan yetakchi hisoblanadi. Keyingi o‘rinlarda oliy ta’lim muassasalari talabalari – 13,1 foiz, ish faoliyati bilan band bo‘lganlar – 5,8 foiz, kollej va litsey o‘quvchilari – 1,4 foiz va boshqalar – 12,5 foizni tashkil etadi.

    Loyiha doirasida eng ko‘p umumta’lim maktab o‘quvchilari orasida uzbekcoders.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan va ishtirokchilar soni bo‘yicha Navoiy viloyatidagi maktablar yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan viloyatidagi umumta’lim maktablari eng faol maktablar ro‘yxatidan joy olgan.

    2021 yildan boshlab xalqaro IT sertifikatlarini qo‘lga kiritgan yoshlarga xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini qoplab berish vazifalari belgilandi.

    Bugungi kunda yoshlar orasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ommalashtirish, shuningdek, aholining barcha qatlamlari orasida raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, onlayn va virtual o‘qitish texnologiyalarini joriy etish, aholi o‘rtasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun respublikamizda “Bir million dasturchi” kabi loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu esa, kelajak avlodning intellektual salohiyatini oshirishga, jahon yoshlari bilan tengma-teng ravishda bellasha oladigan kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

     

    Manba: Axborot xizmati