Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Shahrisabzda “Inkubatsiya va Akseleratsiya” Markazi tashkil etildi
    27.03.2021

    Toshkent kimyo texnologiyalari instituti Shahrisabz filiali qoshida “Inkubatsiya va Akseleratsiya” Markazi tashkil etildi va markazning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Tantanali ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boshqarmasi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Toshkent kimyo texnologiyalari instituti, Shahrisabz shahar va tuman hokimligi, mutasaddi tashkilotlar mas’ul rahbarlari, faxriy mehmonlar va faol, iqtidorli talaba yoshlar ishtirok etishdi.

    Tadbirni o‘tkazish mobaynida filial professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari loyihalari va dasturiy ishlanmalar hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi.

    Shuningdek, tashkil etilgan “Inkubatsiya va akseleratsiya” markazida talaba yoshlar tomonidan yaratilgan dasturiy ta’minotlar, axborot tizimlari va AKT sohasidagi ishlanmalar loyihalari taqdimoti o‘tkazildi hamda Markaz bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.

    Ushbu tashkil etilgan “Inkubatsiya va akseleratsiya” markazi oliy ta’lim muassasasida dasturlashtirish ko‘nikmalarini o‘rganish, startap loyihalar ustida jamoaviy ishlash, dasturiy mahsulotlar eksportini kengaytirish hamda IT-park rezidentlari bilan hamkorligini rivojlantirish va mahalliy shart-sharoitlarga mos dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishga qaratilgan muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi.

    Manba: Axborot xizmati