Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyati, G’allaorol tumanida Raqamli texnologiyalar o`quv markazi ochildi
    26.03.2021

    Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

    Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri Jizzax viloyati, G’allaorol tumanida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. O‘quv markazi Jizzax viloyatida tashkil etilgan sakkizinchi o‘quv markazi hisoblanadi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi, G’allaorol tuman hokimligi rahbar va xodimlari,  so‘zga chiqib yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirib o‘tishdi.

     Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, shinam xonalarga ega bo‘lgan yangi markaz zamonaviy kompyuter jihozlari, yuqori tezlikda ishlovchi internet tarmog‘i bilan ta’minlangan. Bu yerda tuman yoshlari uchun kompyuterdan samarali foydalanishdasturlashveb dizaynkompyuter grafikasi kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.

    Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati