Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘yin yaratish bo‘yicha “GameDev Goethe” inkubatorining ishtirokchilari uchun Open Air tashkil etiladi.
    23.03.2021
    27-mart kuni soat 16:00 da Toshkent shahridagi Gyote institutida  IT Park ko‘magida Toshkentdagi Gyote Instituti tomonidan o‘yin yaratish bo‘yicha “GameDev Goethe” inkubatori ikkinchi mavsumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ochilish marosimi doirasida inkubator ishtirokchilari uchun Open Air tashkil etiladi.

    GameDev Goethe - bu o‘yin yaratish bo‘yicha O‘zbekistondagi ilk inkubator. Loyihaning maqsadi -  o‘yin o‘ynashga qiziqadigan yoshlarga mushtarak fikrlarni topishda va o‘z o‘yinlarini yaratishda yordam berishdan iborat. Loyiha davomida o‘yinni yaratish sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan tajribali mutaxassislar tomonidan ko‘mak ko‘rsatiladi. Loyiha IT Park ko‘magida Toshkentdagi Gyote Instituti tomonidan tashkil etildi. 2020-yilda bo‘lib o‘tgan inkubatorning birinchi mavsumiga kutilgandan ko‘proq, ya’ni 550 ta ariza kelib tushdi. Arizalar qabul qilishni 15-fevral kuni boshlagan inkubatorning ikkinchi mavsumiga esa 700 dan ortiq ariza kelib tushdi.

    GameDev Goethe inkubatori ikkinchi mavsumining ochilish marosimida ishtirokchilarga loyiha haqida batafsil ma’lumot berish va birinchi mavsum davomida yaratilgan mobil o‘yinlarni namoyish etish ko‘zda tutilgan. Ochilish marosimi doirasida inkubator hamkori VRonica tomonidan yangi o‘yinning debyuti “Music of Mass Destruction” virtual reallik formatida bo‘lib o‘tadi.

     

    Manba: Axborot xizmati