Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Online Startup Weekend Uzbekistan 2021” o‘tkaziladi
    11.03.2021

    2021-yil 26–28-mart kunlari “Online Startup Weekend Uzbekistan 2021” tadbiri bo‘lib o‘tadi.

    Online Startup Weekend Uzbekistan 2021”ni o‘tkazishning asosiy maqsadi – AKT sohasidagi istiqbolli mahalliy startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, nufuzli xalqaro musobaqada ularning ishtirokini ta’minlash. Mazkur tadbir Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) va MOST Biznes inkubatori tomonidan USAID koʻmagida tashkil qilinmoqda.

    Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladilar:

    • boshqa startapchilar va yetakchi IT-ekspertlar bilan bir jamoada ishlash;
    • o‘z startapi prototipini yaratish;
    • venchur fondlari, biznes-angellar, korporatsiyalar, sovrinlarni o‘z ichiga olgan Xalqaro "Startup Weekend" da ishtirok etish;
    • «Finance PM» ekspertlaridan bepul maslahat olish.

    Tadbir to‘g‘risida batafsil ma’lumot: http://most.com.kz/swuzbekistan

    Tadbirda ishtirok etish uchun oxirgi sana: 26 mart kuni soat 14:00gacha.

    Ro‘yhatdan qiydagi havola orqali o‘tishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/1ddyEncCzfos-o7242m6MQufi1DvM9nP78kxiaFam0sU/viewform?edit_requested=true

     

    Manba: Axborot xizmati