Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati Nurobod tumanida Raqamli texnologiyalar o`quv markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi
    11.03.2021

    Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarni tashkil qilish ishlari izchil davom etmoqda.

    Shunday markazlardan biri Samarqand viloyatining Nurobod tumanida  ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. Bugungi kunda viloyatning 9 ta shahar va tumanlarida Raqamli texnologiyalar o`quv markazlari tashkil etilgan edi.

    O‘quv markaz ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Nurobod tuman hokimligi, vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyat bo`linmalari rahbarlari va xodimlari, tuman faollari va mahalliy yoshlar ishtirok etdilar.

    Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanishdasturlashveb dizaynkompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Unda aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratildi.

    Shuningdek mazkur markazda tumandagi davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo`yicha malakalarini oshirish maqsad qilingan.

     

    Manba: Axborot xizmati