Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro shahrida “Vobkent.Tech” ideaton va kibersport musobaqasi o‘tkazildi
    09.03.2021

    Buxoro viloyati Vabkent tumanida O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) hamda Xalq ta'lim vazirligi bilan birgalikda maktab o'quvchilari uchun «Vobkent.Tech» ideaton va kibersport boyicha musobaqani tashkil etdi.

    Ideaton doirasida jami 102 ta maktab o'quvchilari, ya'ni 20 ta jamoalarga bo'linib ishtirok etdi. Ular tomonidan texnologik mahsulotlar ishlab chiqilib, tadbiri oxirida taqdimotlari o‘tkazildi.

    Ideaton natijalariga ko‘ra 15 ta g‘olib tanlanib, ularga qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

    Shuningdek, IT Park, Buxoro viloyati Vabkent tumanida 42 ta maktab o'quvсhilari orasida CS: GO, FIFA20 va Blur kabi  kibersport yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etdi. Turnirda jami 234 ta ishtirokchi qatnashdi.

     

    Manba: Axborot xizmati