Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT Vaziri yuksak mukofot sohiblari bilan uchrashdi
    06.03.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Sherboboyeva Gulrux Baxtiyorovna “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni qaroriga binoan esa Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining  4-bosqich talabasi Rahimova Sayyora  va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining 4-bosqich talabasi Ahmatova Sitorabonu Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

    Bugun  8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Vazirlikda  yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan xotin-qizlarimizni  ushbu  mukofotlar  va nafosat bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

    Ta’kidlanganidek, ayol nafaqat ona, opa-singil yoki farzand, balki faol xodim, ustozdir. So‘nggi paytlarda hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan ayollarga turli darajadagi rahbarlik lavozimlarining ishonib topshirilayotgani esa ularga davlat siyosati darajasida e’tibor, aytish joiz bo‘lsa, ehtirom ko‘rsatilayotganidan dalolat beradi.

    Yildan-yiilga xotin-qizlarimizning jamiyat va mamlakatimiz rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissalari ortib bormoqda. Jumladan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida bugungi kunda 30 mingdan ortiq hodimlar mehnat qilayotgan bo‘lsa, ularning             9927 nafarini ayollar tashkil etishi, 542 nafar ayol boshqaruv  lavozimida faoliyat yuritayotganini yurtimizda hotin-qizlarning har sohada o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun yetarli sharoit yaratilganidan dalolatdir.

    Manba: Axborot xizmati