Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU talabalarining ikki nafari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi
    04.03.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

    Ushbu qarorga ko‘ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 4-bosqich talabasi Rahimova Sayyora  va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining 4-bosqich talabasi Ahmatova Sitorabonu Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

    Mazkur yutuq yurtimizda AKT sohasiga va ushbu yo‘nalishda IT mutaxassislarni tayyorlashga yuksak e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi, O‘zbekistonda yetakchi AKT sohasidagi oliy ta’lim muassasasida  sifati yuqori ta’lim berayotganligini namoyon etadi.

     

    Manba: Axborot xizmati