Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida Xalqaro ta’lim forumi o‘tkaziladi
    25.02.2021

    Joriy yil 26-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekistondagi ta’lim jarayonlariiga xorij tajribasini joriy etishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan Xalqaro forum bo‘lib o‘tadi.

    Mamlakatimiz vazirlik va idoralari rahbarlari, xalqaro va mahalliy universitetlarning rektorlari, ommaviy axborot vositalari vakillari Forumda ishtirok etuvchi mehmonlar qatoridan o‘rin olgan.

    Xalqaro ta’lim forumi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PF-5763-sonli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati