Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyatida yana ikkita Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    22.02.2021

    Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarni tashkil qilish ishlari izchil davom etmoqda.

    Jumladan, Navoiy viloyatining eng olis va cho‘l hududlari bo‘lgan, Zarafshon shahri va Uchquduq tumanlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ham ochildi. Bugungi kunda Navoiy viloyatining 7 ta tuman va shaharlarda o‘quv markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

    Markazlarning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi hamda mahalliy hokimliklar rahbar va xodimlari, tuman yoshlari va keng jamoatchilik vakillari ishirok etdi.

    Mazkur “Raqamli texnologiyalar o‘quv markaz”lari Zarafshon shahridagi “Yoshlik” MFY hududida hamda Uchquduq tumani pochta aloqasi bo‘limining binolarida joylashgan bo‘lib, zarur texnologik vositalar, yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlangan.

    Tashkil etilgan markazlarda hudud yoshlari uchun kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash asoslari, kompyuter grafikasi va dizayn, robototexnika, veb dizayn asoslari, veb va mobil ilovalarni yaratish kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha o‘z bilim, malakalarini oshirib boradilar.

    Ushbu markazlarning har birida yiliga 1000 nafardan ortiq yoshlarimizga va “temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarga axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlarida zamonaviy bilimlar berilishi ko‘zda tutilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati