Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Namanganda «Raqamli kutubxona» va navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    20.02.2021

    Joriy yil 19 fevral kuni Namangan shahrining Davlatobod tumanida kutubxona ochilib, uning tarkibida «Raqamli kutubxona» faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi.

    Alohida ta’kidlash joiz, «Raqamli kutubxona»ni tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park hamda soha korxona va tashkilotlari mutaxassislari katta hissa qo‘shishdi.

    Shu bilan birga, bu yerda Namangan viloyatdagi navbatdagi o‘n uchinchi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ham ish boshladi.

    Namangan vloyatda xizmat safari bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi Ishchi guruh a’zolari bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

    Kutubxonada faoliyati yo‘lga qo‘yilgan IT-markaz o‘quvchilari nafaqat axborot texnologiyalariga doir kitoblardan, balki jahon adabiyot durdonalarini ham o‘qishlari mumkin bo‘ladi. Respublikamizdagi barcha IT-markazlar ushbu «Raqamli kutubxona»ga bog‘lanib, bu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Yangi kutubxonada 30 mingta kitob bo‘lsa, «Raqamli kutubxona» orqali kitobxonlarga 10 millionta kitobni mutolaa qilish imkoniyati yaratilgan.

    Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida ushbu kutubxonaning ochilishi hamda IT-markaz faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi namanganlik yoshlarga ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

     

    Manba: Axborot xizmati