eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Shahrisabz shahrida yangi IT-Inkubatsiya markazi tashkil etildi
    19.02.2021

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filialida joriy yil 19-fevral kuni Inkubatsiya va akseleratsiya markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, viloyat oliy ta’lim muassasalari, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, Shahrisabz shahar va tuman hokimligi, mutasaddi tashkilotlar mas’ul rahbarlari, faxriy mehmonlar va faol, iqtidorli talaba yoshlar ishtirok etishdi.

    Tadbirni o‘tkazish mobaynida filial professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari loyihalari va dasturiy ishlanmalar hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi.

    Shuningdek, tashkil etilgan “Inkubatsiya va akseleratsiya” markazida talaba yoshlar tomonidan yaratilgan dasturiy ta’minotlar, axborot tizimlari va AKT sohasidagi ishlanmalar loyihalari taqdimoti o‘tkazildi hamda markazda ekskursiya tashkil qilindi.

    Ushbu tashkil etilgan “Inkubatsiya va akseleratsiya” markazi oliy ta’lim muassasasida dasturlashtirish ko‘nikmalarini o‘rganish, startap loyihalar ustida jamoaviy ishlash, dasturiy mahsulotlar eksportini kengaytirish hamda IT Park rezidentlari bilan hamkorligini rivojlantirish va mahalliy shart-sharoitlarga mos dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishga qaratilgan muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi.

     

    Manba: Axborot xizmati