eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyati Arnasoy tumanida sayyor qabul tashkil etildi
    19.02.2021

    Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Arnasoy tumani aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabulda Vazirlik tizimidagi tashkilotlarning viloyat rahbarlari ishtirok etdi.

    Tadbir boshida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshligʼi tomonidan sohada aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish maqsadida olib borilayotgan islohotlar va yangiliklar toʼgʼrisida axborot berib oʼtdi.

    Sayyor qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, oʼrganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.

     

    Manba: Axborot xizmati