Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
    13.02.2021

    2020 yil 29 dekabr kuni Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida bu yilni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qildilar.

    Prezidentimiz 2020 yil 25 dekabr kuni Yoshlar forumida yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, yoshlarga, ularning kuch-g‘ayratiga va azmu shijoatiga suyanishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

    Forumda juda ko‘plab sohalar qatori axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi oldiga ham bir qancha vazifalar qo‘yildi. Ana shu vazifalardan kelib chiqqan holda Vazirlik o‘z oldiga muhim vazifalarni belgilab oldi.

    Shundan kelib chiqib, bugun 13 fevral kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) majmua shou-rumida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya tizimlarida faoliyat yuritayotgan hamda soha tizimidagi o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlari o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

    Ochiq muloqotda Vazir so‘z olib, qator dolzarb masalalarni o‘rtaga tashladi. Xususan, eng muhim yo‘nalishlardan biri axborot texnologiyalari sohasida yetuk kadrlar tayyorlash ekanini qayd etdi. Chunki, dunyo bo‘ylab kun sayin yangi va yangi nou-xaular yuzaga kelmoqda, jahon iqtisodiyotining raqamlashuvi va boshqa ko‘plab omillar texnologiyalar sohasi oldiga yuksak vazifalarni qo‘ymoqda. Ana shu tendensiyani yaxshi tushungan tizim jamoasi mamlakat yoshlarini jahon maydonida mustaqil va qat’iy yondashuviga ega bo‘lgan, ma’naviy va jismonan barkamol bo‘lib yetishishlari, zamonaviy yuqori texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish masalalariga katta e’tibor qaratmoqda.

    “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi doirasida vazirlik tomonidan ko‘plab amalga oshirish kerak bo‘lgan ishlar belgilab olingan. Yoshlar va mas’ullar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishga xizmat qiluvchi “Yoshlar murojaati” elektron platformasini yaratish, yoshlarni IT sohasiga yanada qiziqtirish, ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida joriy yilda 100 dan ziyod shahar va tumanda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinadi.

    Shu bilan birga, Toshkent viloyatida Axborot texnologiyalari universiteti filiali hamda barcha hududlarda mazkur yo‘nalishda texnikumlar faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi.

    2021 yildan boshlab xalqaro “IT” sertifikatlarini qo‘lga kiritgan yoshlarga xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish vazifalari belgilandi.

    Keyingi ikki yilda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 300 ming yoshni kompyuter texnologiyalari yo‘nalishida bepul o‘qitish, masofaviy ta’limni va darslarni onlayn o‘tkazish imkoniyatini yaratadigan “Onlayn, Raqamli, Xavfsiz ixtisoslashtirilgan maktab”, “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimlarini yaratish va ishga tushiriladi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Xorazm, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida IT-park filillari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

    2020 yilda IT-Park rezidentlari tomonidan jami 750 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmi 346,2 mlrd. so‘m, xususan, eksport hajmi 8,4 mln. dollarni tashkil etdi.

    IT Parkning hududiy filiallari binolari Andijon (“Digital City” texnoparki), Farg‘ona (IT-Park Marg‘ilon filiali), Sirdaryo (IT-Park Guliston filiali) Qashqadaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida foydalanishga topshirildi, Andijon filialida 10 ta va Marg‘ilon filialida 7 ta rezident faoliyat yuritmoqda.

    «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Birlashgan Arab Amirliklari “Dubai Future Foundation” fondi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrdagi PQ–4851-son qaroriga muvofiq 2020 yilda 14 ta ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari tashkil etildi va jixozlandi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda soha tizimidagi korxona va tashkilotlar homiy sifatida biriktirildi va 10 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratidi.

    Shuningdek, 2021 yilda – 82 ta, 2022 yilda – 64 ta va 2023 yilda – 45 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

    TATUda 2020/2021 o‘quv yilida yangi Raqamli iqtisodiyot bakalavr ta’lim yo‘nalishi hamda 8 ta yangi magistratura mutaxassisligi ochildi.

    Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan TATU tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakulteti tashkil etilib, 2020/2021 o‘quv yili uchun qo‘shma fakultetga 500 nafar talaba qabul qilindi.

    TATU va uning filiallarida jami 1 5000 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda.

    Prezidentimizning 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilgan va o‘z faoliyatini 2019/2020 o‘quv yilidan boshlagan Toshkent shahrida Amiti universitetiga xorijiy mamlakatlardan 17 nafar PhD darajasiga ega professor-o‘qituvchilar jalb qilingan bo‘lib, 2019/2020 o‘quv yilida 498 nafar talaba birinchi bosqichni yakunladi. Toshkent shahridagi Amiti universitetiga 2020/2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq onlayn shaklda tashkil etilib, 384 nafar talaba qabul qilindi.

    Bugungi kunda Toshkent shahridagi Inha universitetida 51 nafar professor-o‘qituvchi va assistent faoliyat yuritib, talabalarning umumiy soni 1506 nafarni tashkil etadi. Toshkent shahridagi Inha universitetiga 2020/2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq onlayn shaklda tashkil etilib, 420 nafar talaba qabul qilindi.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotasi 330 nafar etib belgilangan bo‘lib, kirish imtihonlari respublikamizda birinchi marotaba onlayn shaklda ikki bosqichda o‘tkazildi.

    Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning

    3-tashabbusi doirasida Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan, shuningdek, ularni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida respublika bo‘yicha 107 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etildi.

    Uchrashuvda yoshlarning tashubbuslari juda muhim ekanligi ta’kidlandi. Tizimda yoshlar bilan alohida ishlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish, vazirlik tizimidagi rahbarlarga yoshlar masalasini o‘zi uchun ustuvor vazifa qilib belgilab olishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

    Muloqot davomida yoshlar tomonidan sohani rivojlantirishga oid takliflar, mulohazalar bildirildi. Vazir Shuhrat Sodiqov ular tomonidan bildirilgan tanqidiy mulohazalar yuzasidan sohadagi tegishli korxonalar rahbarlariga topshiriq berar ekan, ayrim iqtidorli yoshlarning takliflarini shaxsan o‘zi bafurja ko‘rib chiqishga tayyorligini, lozim topilsa, ularning amaliyotga joriy qilinishi ustida ish olib borilishini qayd etdi.

    Yoshlarning maqsad-muddaolarini yaqindan bilish, ularni katta-katta ishlarga safarbar etish maqsadida tashkil etilgan ushbu muloqot salkam uch soat davom etdi, videokonferensaloqa orqali viloyatlardagi yoshlardan ham dolzarb takliflar bildirildi.

    Tadbir yakunida Vazirlik stipendiyasi qo‘lga kiritganlarning va o‘z fidoiy mehnati uchun Vazirlik tomonidan minnatdorchilikka sazovor bo‘lgan yoshlarninig taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

     

    Manba: Axborot xizmati