Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy shahrida ixtisoslashtirilgan IT maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
    30.01.2021

    30-yanvar kuni Navoiy shahridagi 8-son umumta’lim maktabi negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

     Ochilish marosimida  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J.Maxsudov,  Xalq ta’limi vazirligi, mahalliy hokimiyat organlari hamda biriktirilgan homiy korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

    Maktabda zamonaviy informatika va robototexnika xonalari, raqamli kutubxona tashkil qilindi. Xonalar zamonaviy kompyuter texnikalari, interaktiv sensorli doskalar, 3D printer va arduino qurilmalari bilan ta’minlandi.

    Ilm maskanida bu kabi imkoniyatlar o‘quvchilarning “Bir million dasturchisi” yirik loyihasida ishtirok etib, dasturlash yo‘nalishida ham o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

    Joriy yilda davlat test markazi tomonidan tanlov asosida mazkur ilm maskanining informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 2 ta sinfiga 60 nafar o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilindi.

    Manba: Axborot xizmati