Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
    26.01.2021

    Zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali yuqori hosildorlikka erishish, shuningdek sarf-xarajatlarni optimizatsiya qilish yechimlari bo‘yicha atroflicha fikr va tajriba almashish maqsadida paxta-toʼqimachilik klasterlari uchun Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan videokonferens aloqa tartibida seminar o‘tkazildi.

    Tadbirda paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan paxta yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishdagi tajriba va ijobiy yutuqlar togʼrisida “TCT CLUSTER” MChJ, “Buxoro Аgroklaster” MChJ, “KHANTEX GROUP” MChJ, “Art soft holding” MChJ, “Indorama Agro” MChJ, “Bek klaster” MChJ rahbar va mutaxassislarining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

    Taqdimotchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikalarini modernizatsiya qilish, biznes jarayonlarini optimallashtirish va raqamlashtirish, yo‘ldoshli navigatsiya va yerni masofadan zondlash zamonaviy texnologiyalarini joriy etish orqali yerlarning unumdorligini va hosildorlikni oshirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ekspluatatsiya qilishda yoqilg‘i xarajatlarini kamaytirish, ob-havodagi va boshqa tabiiy oʼzgarishlardan kelib chiqib tezkor qaror qabul qilish, shu bilan birga suv resurslarini tejashga doir erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar misollarida ko‘rsatib o‘tildi.

    Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi 100 dan ortiq paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbir yakuni bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish yo‘nalishidagi bunday tadbirlarni doimiy o‘tkazib turish hamda sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan kelishib olindi.

     

    Manba: Axborot xizmati