Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan AKT vazirligining bayram tabrigi
    14.01.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi o‘z hayotini Vatanni himoya qilishdek eng ulug‘ va olijanob ishga bag‘ishlagan barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi va 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy tabriklaydi.

    Jahondagi vaziyat shiddat bilan o‘zgarib, dunyoning ayrim mintaqalarida ahvol keskinlashib, tahdidlar xavfi ortib borayotgan bir paytda yurtimizda tinchlik va osoyishtalik hukmron ekanligi xalqimizning jamiyatimizda barqarorlikni va taraqqiyotimizni ta’minlovchi eng muhim omili – tinchlikni qadrlashini yanada yaqqol isbotlab bermoqda.

    Botir va jonkuyar farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan hurmatli ota-onalarga, harbiy xizmatchilarimizga o‘z muqaddas burchini ado etishda hamisha tog‘dek tayanch bo‘lib kelayotgan ularning oila a’zolariga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

    Barcha yurtdoshlarimizga Vatanimizga sidqidildan xizmat qilishdek sharafli vazifani ado etishda mustahkam sog‘lik, ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat, oilalariga esa yangi – 2021-yilda fayzu baraka va baxt-saodat yor bo‘lishini tilaymiz.

    Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin!

     

    Manba: Axborot xizmati