Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati suv xoʼjaligi xodimlari АKT sohasi boʼyicha o‘z malakalarini oshirmoqda
    13.01.2021

    Joriy yil 13-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida viloyatdagi Suv xojaligi vazirligi tizimidagi korxonalar hodimlari uchun “Sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamlashtirish texnologiyalarini qo‘llash” boyicha malaka oshirish oquv kurslari boshlandi.

    Oquv kursini Ozbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri orinbosari Q. Yuldashev ochib berdi va ishtirokchilarga oz fikrlarini bayon qildi. Shuningdek, tadbirda Samarqand viloyatida АKT vazirligi va suv xoʼjaligi tizimida faoliyat korsatayotgan tashkilot rahbarlari ham ishtirok etmoqdalar.

    Oquv kurslari doirasida tinglovchilar “Elektron hukumat tizimi asoslari”, “Qishloq xoʼjaligida raqamli transformatsiya”, “Suv xojaligida raqamli texnologiyalarning qollanilishi”, “Аqlli issiqxona qurish texnologiyalari”, “Davlat boshqaruvida zamonaviy axborot texnologiyalari” mavzulari, shuningdek, “Suv va elektr energiyani hisob-kitob, yerlarning meliorativ holatini nazorat qilish hamda boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish” va “Respublika miqyosidagi barcha suv resurslari hisobi va hisobotini yuritishning yagona tizimi” mavzularini o‘rganib boradilar.

    Shuningdek, oquv kurslari davomida agrar sohasida zamonaviy texnologiyalarni qollash boyicha Ozbekistonda faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorijiy hamkorlar oz tajribalari va loyihalari togʼrisida onlayn maʼruzalar otkazadilar.

     

    Manba: Axborot xizmati