Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarda saralab olish uchun test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda
    12.01.2021

    Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlanish, barcha sohalarga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu ma’noda malakali IT kadrlarni tayyorlash masalasi muhim ahamiyatga ega.

    2021 yil 12-yanvar kuni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi Informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 3-tayanch maktabida o‘quvchilarni tanlab olish  maqsadida Davlat test markazi tomonidan Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

    Informatikava axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan  ushbu maktabga  2020/2021 o‘quv yilida o‘qishni istagan  143 nafar 5-sinf o‘quvchilari saralash tanlovlari uchun test topshirdilar. Yuqori natijalarni ko‘rsatgan 60 nafar o‘quvchi o‘qishga qabul qilinadi.

     Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan IT mutahassislarni tayyorlashda ixtisoslashtirilgan tizimni yaratish, keng aholi va yoshlarni dolzarb AKT yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitish maqsadida yirik ishlarni amalga oshirmoqda.

     

    Ma‘lumot uchun:

    Yoshlarga zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish tizimini yanada takomillashtirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

    Shu qaror asosida, respublika tuman (shahar)larida mavjud umumta’lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Shunga ko‘ra, 2020-yilda mazkur yo‘nalishda 14 ta tayanch maktab ochilib, 2021-yilda esa 82 ta, 2022-yilda 64 ta va 2023-yilda 45 ta ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etilishi belgilangan.

    Shunday Informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida ochildi.

    AKT vazirligi tomonidan standartlariga javob beradigan turniket o‘rnatilgan bo‘lib, unda shaxsni identifikatsiya qilish, o‘quvchilar davomatini aniqlash, tana haroratini o‘lchash va karantin talablarini eslatib turuvchi funksiyasi mavjud. Undan tashqari faollar zali, 4 ta kompyuter xonasi, elektron kutubxonani kapital ta’mirdan chiqarib, 2 ta proyektor, shtativ ekran, 47 ta zamonaviy kompyuter qurilmalari, 1 elektron doska, ko‘rgazmali stendlar va mebel jihozlari bilan ta’minlandi. Bundan tashqari mazkur maktab AKT vazirligi tomonidan 42 dona zamonaviy kompyuter qurilmalari, 1 ta elektron doska, 2 ta proyektor va mebel jihozlari bilan ta’minlandi.

    Buning hammasi ta’lim jarayonini jahon standartlarga moslashtirishga yordam beradi. Masalan, elektron kutubxona tizimi esa nafaqat elektron manbalarni onlayn ravishda ko‘rib chiqishga, ularni yuklashga ham imkon yaratilgan. Xonalarda elektron doskalar va zamonaviy kompyuter jihozlari o‘rnatilgan bo‘lib, darslarda axborot-kommunikatsiya va multimedia texnologiyalaridan foydalaniladi. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur ta’lim maskanida o‘quvchilar uchun zamonaviy bilim olishda barcha qulay imkoniyatlar yaratilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati