eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park da oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan norasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    07.01.2021

    2021-yil 6-yanvar kuni IT Park shourumida oliy ta’lim yurtlari rektorlari bilan norasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Madjidov, IT Park rahbariyati hamda Toshkent va viloyat OTM rektorlari hamda vakillari ishtirok etishdi.

    Uchashuvning asosiy mavzusi oliy ta’lum muassasalarida IT-Inkubatsiya markazlarni tashkil etish masalalsiga bag‘ishlangan edi. Mazkur markazlar iqtidorli yoshlarga o‘z biznes g‘oyalarni hayotga tatbiq etishda hamda startap loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Madjidov ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi hamda OTM rektorlarini IT-Inkubatsiya markazlarini ochish, IT Park bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga undadi.

    Shuni ta’kidlash joizki, inkubatsiya markazlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4851-son qarori, “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4699-son qarori, shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq хoʻjaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 794-son PCM qarori asosida amalga oshirilmoqda.

    Hozirgi kunda IT-Inkubatsiya markazlari quyidagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatmoqda:

    1. G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali;
    2. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti;
    3. Toshkent moliya instituti;
    4. Toshkent shahridagi Inha universiteti;
    5. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
    6. Toshkent shahridagi Amity universiteti;
    7. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;
    8. Andijon mashinasozlik instituti;
    9. Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.

     

    Manba: Axborot xizmati