Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Online Digital Camp "Raqamli Avlod-2021" onlayn oromgohining qishki mavsumi e'lon qilindi
    31.12.2020

    2021-yil 4-8-yanvar kunlari Online Digital Camp "Raqamli Avlod-2021 onlayn oromgohining qishki mavsumi bo‘lib o‘tadi.

    Mazkur yirik tadbirning asosiy maqsadi butun O‘zbekiston yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari haqida bilimlarini oshirish va zarur ko‘nikmalariga o‘rgatish hamda AKT sohasidagi jarayonlariga keng jalb qilishdan iborat.

    Besh kun ichida professional mentorlar tomonidan quyidagi yo'nalishlar bo'yicha onlayn darslar o'tkaziladi:

    • mobil dasturlash;
    • desktop dasturlash;
    • web dasturlash;
    • media;
    • dizayn;
    • robototexnika.

    Bundan tashqari media oromgoh davomida ishtirokchilarni AKT sohasidagi tajribali va taniqli spikerlar bilan suhbatlar kutmoqda!

    Media oromgohda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish kerak: https://digitalgeneration.uz/portfolio/online-digital-camp-raqamli-avlod-2020-qishki-mavsum/

    Eslatib o‘tamiz, joriy yil 24-28-avgust kunlari “Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarga zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha AKT sohasidagi nufuzli mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida master klasslar o‘tkazildi.

    Manba: Axborot xizmati