Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston Internet-tezligi bo‘yicha dunyo reytingida yana ko‘tarildi
    16.12.2020

    Ookla kompaniyasi Speedtest.net servisi 2020 yil noyabr oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Internet tezligi bo‘yicha bir oyda ikki pog‘onaga ko‘tarildi.

    Mamlakatimiz umumiy reytingida 176-ta davlat qatoridan 94-po‘g‘onaga ko‘tarilib, aniqlangan Internet tezligi 32,39 Mbit/s. ni tashkil etdi.

    Aytish joizki, bir yil avval respublikamiz jahonda 112-o‘rinni egallagan, va Internet tezligi esa 19,91 Mbit/s. ni tashkil etgan.  Bundan ko‘rinib turibdiki,  bir yil ichida aniqlangan Internet tezligi 10 Mbit/s. dan yuqori ko‘rsatgichlarga o‘sdi, va respublikamiz 18-positsiyaga ko‘tarildi.

    Ma’lumot uchun: Speedtest Internet tezligini tekshirish uchun umumjaxon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal fydalanuvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma’lumotlarni doimiy ravishda reyting tayyorlaydi va e’lon qiladi.

    Irlandiyalik Ookla kompaniyasi Internet tarmoqlarini, ilova va texnologiyalarini sinov va test o‘tkazuvchi jaxondagi yetakchi kompaniyalardan biri, internet tezligini test o‘tkazuvchi Speedtest portalining ixtirochisi. Speedtest portalida har yili foydalanuvchilar tomonidan 10 milliondan oshiq testlar o‘tkaziladi. Shunga tufayli kompaniya dunyo miqyosida tarmoqlarning ishlab chiqish quvvati, sifati va ommabopligi haqida batafsil va noyob ma’lumotlarga ega bo‘ladi.

    Manba: Axborot xizmati