Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekistondagi “Samsung C&T Corporation” rahbari bilan uchrashub bo‘lib o‘tdi
    04.12.2020

    Joriy yil 4-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida O‘zbekistondagi “Samsung C&T Corporationkompaniya vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos ishtirok etdi.

    O‘zbekistondagi “Samsung C&T Corporation” kompaniyasi rahbari Ildo Kim AKT vazirligi tomonidan O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirish doirasida yutuq va muvaffaqiyatlarga yuqori baho berib, kompaniya nomidan ushbu sohani kelgusi rivojlanishiga o‘z xissalarini qo‘shishga istak bildirdi.

    Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli yo‘nalishlar, O‘zbekistonda AKT sohasi bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalar muhokama qilindi.

    Ma’lumot uchun:

    Samsung C&T Corporation (Construction & Trading Corporation) – Samsung Group korporatsiya tarkibiga kiradigan kompaniya bo‘lib, injeneriya, qurilish, savdo, turizm va investitsiya sohalarida global loyilarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati