Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Kollej va oliy ta’lim muassasini tamomlaganligi haqida ma’lumotnomani onlayn ravishda olish mumkin
    03.12.2020

    Elektron hukumat tizimini rivojlantirish va yanada takomillashitirish amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Bu esa, o‘z navbatida, nafaqat vaqtni, mehnat va moliya harajatlarini tejashga yordam beradi, eng asosiysi, fuqarolarimiz uchun qulaylik yaratib beradi, ularga qator xizmatlarni tezkor ravishda taqdim etishga zamin yaratadi.

    Ta’kidlash kerakki, so‘ngi ikki yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga nazar soladigan bo‘lsak, mamlakatimizda zamonaviy elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro hamkorligining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borildi.

    Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida  Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiqilgan (https://my.gov.uz). Bugungi kunda Yagona portal orqali 217 ta elektron davlat xizmati taqdim etilmoqda. Yil yakuniga esa ushbu ko‘rsatgichni 230 gacha yetkazishi rejalashtirilgan.

    Yaqindan boshlab esa Yagona portalda yangi xizmat joriy etildi. Endilikda fuqaromalirimiz mazkur portal orqali oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini olishlari mumkin. Ushbu xizmat bepul ko‘rsatilib, besh kun mobaynida amalga oshiriladi. Mazkur xizmatdan foydalanish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: https://my.gov.uz/uz/service/369

    Ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda amalga oshirilyatgan raqamli islohotlarning bosh maqsadi fuqarolarimizga har vaqt va har holda sifatli va qulay xizmatlarni ko‘rsatishdir. Va shu tarzda elektron hukumat tizimini rivojlantirishi raqamli islohotlarning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri.

    Manba: Axborot xizmati