Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Suv xo‘jaligi sohasida kosmik suratlar va geoaxborot texnologiyalarni qo‘llash” mavzuida vebinar o‘tkazildi
    25.11.2020

    Mazkur vebinar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tashabbusi bilan Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoati vazirligining Aerokosmik qo‘mitasi va “Qazaqstan G‘arish Sapari” milliy kompaniyasi” AJ ishtirokida tashkil etildi.

    Tadbirda O‘zbekiston Suv va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari va ularning viloyatlardagi bo'linmalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inxa universiteti rahbar va mutaxassislari ishtirok etishdi.

    Mazkur vebinar qozog‘istonlik hamkorlar ishtirokida avval o‘tkazilgan qator tadbirlarning mantiqiy davomi bo‘lib, unda iqtisodiyotning turli sohalarida yerni masofadan zondlash texnologiyalarini ishlab chiqish va qo‘llash masalalari bo‘yicha qozog‘istonlik hamkorlar bilan tajriba almashildi.

    Vebinarda suv manbalaridan oqilona foydalanish, melioratsiya jarayonlarni samarali boshqarish, qirg‘oq hududlarida sanitariya va ekologiya talablarini ta’minlash maqsadlarida yo‘ldoshli texnologiyalar, yerni masofadan zondlashdan foydalanish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.

    Xususan, KazEOSat-1, KazEOSat-2, KazSTSat-1 yo‘ldosh apparatlarining kosmik suratlaridan foydalanish imkoniyatlari, “Qazaqstan G‘arыsh Sapari” milliy kompaniyasi” AJ tomonidan ishlab chiqilgan suv ob’ektlarini deshifrovka texnologiyalari, suv toshishini modellashtirish uslublari, gidro.gharysh.kz geoservisi, hamda ushbu texnologiyalarning amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari bilan tanishtirildi.

    Jonli ruh bilan o‘tgan vebinarda ishtirokchilarda yerni masofadan zondlash texnologiyalaridan va geoaxborot tizimlaridan suv xo‘jaligi sohasida foydalanish, shuningdek, suv havzalari va suvdan foydalanish yo‘nalishlarida kadastr, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, favqulodda holatlar va boshqa sohalarda qo‘llashning samaradorligi to‘g‘risida mukammal tushunchalar shakllandi.

    Tomonlar, shuningdek, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, davlat organlari va idoralariga geoaxborot xizmatlarini ko‘rsatish uchun yahlit tizimni tashkil etish masalalariga ham to‘xtalib o‘tdilar hamda qiziqish bildirgan vazirlik va idoralar bilan alohida tadbirlarni o‘tkazish amaliyotini davom ettirishni ma’qulladilar.

     

    Manba: Axborot xizmati