Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    24.11.2020

    Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

    Navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi 24-noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida ochildi.

    O‘quv markazining ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Yangiyer shahar hokimligi, “O‘zbektelekom” AK filiali rahbar va xodimlari, tuman faollari va yoshlar ishtirok etdilar.

    Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Qisqacha qilib aytganda o‘quv markazida aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari hamda malakasini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratildi.

    Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati