Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijonda yoshlar uchun hakaton o‘tkazildi
    20.11.2020

    Joriy yilning 18-19-noyabr kunlari Andijon shahridagi “Digital City” texnoparkida O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi UNODC, IT Park, O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab quvvatlash markazi, Andijon viloyati hokimligi hamda “Digital City” texnoparki bilan hamkorlikda “Hackaton 4 unlimited education” tanlovi o‘tkazildi.

    Tanlov ishtirokchilari zo'ravonlikka qarshi kurashish, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda yoshlarni ish bilan ta'minlash mavzulari doirasida ijtimoiy ahamiyatga ega, innovatsion mobil va veb ilovallar yaratishdi. Ishtirokchilar orasida nafaqat yoshlar, balki tajribali dasturchilar, grafik dizaynerlar, tahlilchilar, loyiha menejerlari ham  bor edi. Loyihalarni amalga oshirish uchun berilgan 24 soat mobaynida bir nechta malakali mutaxassislar o‘zlarining mentorlik sifatida maslahat va tavsiyalarini ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashdi.

    Hakaton ishtirokchilari O'zbekistonda turmush tarzini yaxshilanishiga o‘z  hissalarini qo‘shish, o‘z g'oya va loyihalarini ommaga targ'ib qilish, o‘z ishining yetuk mutaxassislaridan foydali maslahatlar olish, yangi loyiha yoki uning muqobilini 24 soat davomida yaratish sohasida tajriba o‘rganish imkoniga ega bo‘lishdi.

    Hakaton g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, dasturchilar uchun maxsus noutbuklar, investitsiya dasturlariga a’zolik hamda “Digital City” texnoparkidan bepul ish joyi (ofis) maydoni berildi.

    Manba: Axborot xizmati