Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlikning navbatdagi Hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi
    19.11.2020

    Bugun 19-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUKning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va xizmatlar hajmini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” bo‘yicha Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishda Vazirlik Markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari hamda Vazirlikning hududiy boshqarmalari, tizimdagi korxona va tashkilotlarining rahbarlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikasiyalar va innovasion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti mas‘ul xodimi, Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi rahbari ishtirok etdilar.

    Dastlab “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUKning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati, amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalari toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi.

    Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan Hayʼat majlisida “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK tomonidan respublika telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini boshqarishi, ularning barqarorligi va uzluksizligini taʼminlash, xizmatlar sifatini nazorat qilishdagi joriy faoliyatida bir qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotgani tanqidiy muhokama qilindi.

    Hayʼat majlisida koʻrilgan masalalar yuzasidan vazirlikning tegishli boshqarma va boʻlimlari boshliqlari, Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi rahbari “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK faoliyatidagi mavjud masalalar toʻgʻrisida fikrlari eshitildi.

    Kun tartibidagi masala bo‘yicha “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUKning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan Hayʼat majlisining tegishli qarori qabul qilindi.

     

    Manba: Axborot xizmati