Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida Raqamli texnologiyalar markazi ochildi
    19.11.2020

    Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

    Shu munosabat bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan  birgina Farg‘ona viloyatida Marg‘ilon va Quqon shaharlarida, Dang‘ara va So‘x tumanlarida jami 4 ta Raqamli o‘quv texnologiyalari markazlari tashkil etilgan.

    Viloyatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarining beshinchisi Buvayda tumanida tashkil qilindi va ushbu markaz zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi.

    Markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, mahalliy deputatlar, tuman hokimligining vakillari hamda tuman faollari va yoshlari ishtirok etishdi.

    Mazkur markaz yuqori tezlikdagi Internet aloqa va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash asoslari, veb dizayn asoslari, kompyuter grafikasi, robototexnika kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslar uchun mo‘ljallangan.

     

    Ma‘lumot uchun:

    Ushbu markazlarda zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, dasturlash, robototexnika asoslari bo‘yicha mahalliy yoshlarni o‘rgatuvchi o‘quv kurslari uchun kompyuter sinflari, kibersportga yoshlarni jalb qilish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish maqsadida kibersport zallari ham tashkil etilib faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Manba: Axborot xizmati