Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qarshi tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    12.11.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning uchunchi yo‘nalishi — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida Respublika bo‘ylab Raqamli o‘quv texnologiyalari markazlari tashkil qilinmoqda.

    Navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida ochildi.

    Qarshi tumanidagi markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Q. Yuldashev, Vazirlik Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyat bo‘linmalari, Qarshi tumani hokimligi rahbarlari va xodimlari hamda tuman faollari va yoshlar ishtirok etdi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar kompyuter savodxonligi bo‘yicha bepul o‘qitiladi va kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi. Markazda axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kusrlarni tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

    Shuningdek mazkur markazda tumandagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirish ko‘zda tutilgan.

    Manba: Axborot xizmati