Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazmda qishloq va suv xo‘jaligi xodimlari AKT sohasida o‘z malakasini oshirmoqda
    10.11.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilingan Farmoniga asosan hududlarda hokimlik, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish vazifalar belgilangan.

    Shularni hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi vazirliklarining tizimida mehnat qilayotgan Xorazm viloyatidagi xodimlarga sohada raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi.

    O‘quv kurslari joriy yilning 9 noyabr sanasidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida tashkil etilib, unda 200 nafarga yaqin qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi soha xodimlari malakalarini oshirmoqda.

    O‘quv kurslari qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi vazirliklarining tizimidagi tashkilotlarning faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqqan holda har bir tashkilot uchun ixtisoslashtirilgan mavzular asosida alohida yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa o‘quv kurslarini yanada samarali va mazmunli bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

    O‘quv kurslarida tinglovchilarga qishloq va suv xo‘jaligi tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli texnologiyalarni joriy etish, xususan “aqlli qishloq xo‘jaligi” tizimi, “aqqli suv xo‘jaligi” tizimi, suv sarfini monitoring qilish, ekin maydonlarini masofadan kuzatish tizimini joriy etish kabi bir qator yangi yo‘nalishlarda ma’lumotlar berilmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati